AQSh: Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilmaguncha, Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryusning aytishicha, Vashington «bu qirg‘in to‘xtamaguncha» Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshata olmaydi.

Temmi Bryus Foto: Flickr
Qo‘shma Shtatlar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishilmaguncha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yengillashtirmaydi va u bilan hech qanday ikki tomonlama kelishuvlarga kirmaydi. Bu haqda 15 aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus ma’lum qildi.
«Bu qirg‘in to‘xtamaguncha, hech qanday muzokaralar, yechimlar, kelishuvlar bo‘lmaydi», dedi Bryus jurnalistlarga.
Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari, shuningdek, 35 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Rossiyaning Sumiga raketa zarbasi «kim haqiqatdan ham tinchlik va o‘t ochishni to‘xtatishni istashi» haqidagi savollarni yanada ko‘targanini ta’kidladi. Bryus Ukrainadagi urushni «hech narsa o‘zgarmagan go‘sht maydalagich» deb atadi.
15 aprel kuni The Wall Street Journal (WSJ) AQSh davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Donald Trampga Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning «diplomatik niyatlari»dan ehtiyot bo‘lishni maslahat bergani haqida xabar berdi. Bu mulohazalar Oq uyda AQSh Rossiyani Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga kirishishga majburlash uchun unga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan muhokama chog‘ida bildirildi, deya qayd etadi WSJ.
Mavzuga oid

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025
2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

21:09 / 03.05.2025