Jamiyat | 17:40 / 15.04.2025
7848
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

FVBga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida Matiz avtomobilidagi propan gazballonini metan bilan to‘ldirmoqchi bo‘lishgan.

Foto: FVB

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Marg‘ilon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 15 aprel kuni soat 12:20 da Marg‘ilon shahar «Sholdirama» MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan zapravkada Matiz avtomobiliga o‘rnatilgan propan gazballoni ichiga metan to‘ldirish vaqtida portlagan.

«Portlash oqibatida yong‘in yuz bermagan. Hodisa tufayli jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Surxondaryoda «Jiguli»ning propan balloniga metan quymoqchi bo‘lishganida ham portlash sodir bo‘lgandi. O‘shanda hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Joriy yil fevralida esa Andijondagi zapravkada Labo’ning gazballoni portlashi oqibatida ikki kishi jarohat olgandi.

Mavzuga oid