AQSh Savdo vazirligi: Elektronika tariflaridagi istisnolar - vaqtincha
AQShda smartfonlar va boshqa elektronika uchun alohida tariflar amal qiladi, dedi AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik.

Foto: Jose Luis Magana/AP Photo/picture alliance
Tramp ma’muriyatining elektronika, xususan, smartfonlar, ayfonlar va boshqa kompyuter qurilmalarini yuqori tariflardan ozod qilish haqidagi qarori faqat vaqtinchalik choradir. Ushbu tovarlar uchun alohida tariflar qo‘llanadi. Bu haqda AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik 13 aprel, yakshanba kuni ABC News telekanalida bayonot berdi.
«(Elektronika) o‘zaro tariflardan ozod qilingan, biroq u yarimo‘tkazgichlar bo‘yicha tariflarga kiritilgan, ular ehtimol bir-ikki oydan keyin joriy qilinadi», — deya uning so‘zlarini keltiradi CNN o‘z saytida.
Kelgusi oylarda milliy xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi mahsulotlarga tariflar kiritiladi, dedi Lyutnik va ushbu choralar bo‘yicha «muzokaralar olib borilmasligi»ni qayd etdi.
Mavzuga oid

13:30
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

18:19 / 23.04.2025