Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga qaytganiga to‘rt oy bo‘ldi. Respublikachi bu vaqt ichida shunchalik ko‘p o‘zgarishlar qildiki, Amerikani to‘rt oy emas, to‘rt yildan beri Tramp boshqarayotgandek.
Shu qisqa vaqt ichida tuxum amerikaliklar uchun «kamyob yegulik»ka aylandi. Ilon Maskni dunyodagi eng boy odamga aylantirgan Tesla salonlari yoqilib, savdosi tushib ketdi. Amerika amalda ittifoqchilaridan yuz o‘girdi. Trampning bojlari sabab dollar chop etiladigan davlatda odamlar narx-navo oshishidan xavotirga tushib qolishdi. Va shuncha ishlarga qaramay, Amerikada hech kim Trampga qarshilik qila olmayapti, Kongress xuddi to‘rt yillik ta’tilga chiqib ketganday.
Tramp o‘tgan yil noyabrda qanchalik katta g‘alabaga erishgani shu kunlarda sezilyapti. Axir endi nafaqat prezidentlik, balki Kongressning ikki palatasi ham respublikachilar qo‘lida. Ishoning, Tramp kelasi 4 yil davomida Oq uy rahbari sifatida xohlagan ishini qiladi va unga hech kim qarshilik qila olmaydi. Xohlasa, ittifoqchisi Maskning Tesla brendini Oq uyning hovlisida reklama qilib beradi, xohlasa, o‘zi joriy qilgan «boj o‘yini»dan 2,5 milliard dollar ishlagan do‘stini Oq uyga taklif qilib, maqtanadi.
Shu o‘rinda Amerika siyosatidan sal-pal xabari bor odamda bir savol paydo bo‘ladi: axir demokratiya otasi ekani bilan katta ketadigan Amerikada ikkita partiya bo‘lardi shekilli, qani narigi muxolif partiya, ular hech nima qilolmaydimi? Ya’ni Amerikada hukumatga muxolif partiya dom-daraksiz bo‘lib ketganini sezish uchun siyosatchi bo‘lish shart emas. Shu o‘rinda hech ikkilanmay aytsak bo‘ladi: dunyodagi eng qudratli davlat Amerikada siyosiy inqiroz kuzatilmoqda. Bo‘layotgan ishlarni boshqacha nom bilan atab bo‘lmaydi.
Amerika siyosatiga shunchalik ortiqcha baho berilgan ekanki, bugun bu davlatda hech qanday tiyib turuvchi kuch, hech qanday bosib o‘tib bo‘lmaydigan demokratik qadriyat yo‘qligini ko‘ryapmiz. Saylovni yut va istaganingni qil, mana shunaqa prinsip amalda.
Bayden qayerda?
Amerikada oxirgi yillarda bir partiya boshqasidan bu qadar katta ustunlikka ega bo‘lmagandi. Donald Tramp saylovda yutqazganidan keyin demokratlar mamlakat siyosiy hayotidan butunlay chiqib ketgandek, chunki ular har ikki palatada o‘zlaridan ko‘p bo‘lgan respublikachilar bilan kurashda hech nima qilolmayapti.
Shu o‘rinda ko‘pchilikda savol paydo bo‘ladi: Jo Bayden qayerda? Kechagacha prezident bo‘lgan odam amalda partiyaning eng qudratli vakili bo‘lishi, mag‘lubiyatdan keyin tarafdorlarini olg‘a boshlashi kerak emasmi? Balki aynan yetakchi yo‘qligi uchun demokratlar tushkunlikka tushib qolgandir?
Chindan Bayden Trampning inauguratsiya marosimidan keyin ko‘rinmay ketdi. Biz Bayden nimalar bilan band ekanini bilish uchun uning sahifalari va Amerika nashrlarini titkilab ko‘rdik.
Brodveyda «Otello»ni ko‘rgani bordi
Bayden prezidentlikdan ketganidan keyin ilk marta 23 mart kuni Nyu Yorkning Brodveyida joylashgan «Etel Barimor» teatrida «Otello» spektaklini ko‘rgani bordi. Bayden kechada smokingda ko‘rinish berdi, spektakl tugagach teatr ijodkorlari bilan suratga tushdi. Unga xotini Jil Bayden hamrohlik qildi.
Bayden bejizga shuncha yo‘l bosib bu skeptaklga bormaganini ham aytish kerak. Axir bu chinakam sensatsion myuzikl edi: Otello rolini Denzel Vashington, sotqin Yago rolini Jyek Jillinhol o‘ynadi. Chiptalar o‘rtacha ming dollardan sotilib, kassa yig‘imi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bayden kechaning asosiy mehmoni bo‘ldi. Sahna so‘ngida Vashington va Jillenhol sobiq prezidentni maqtab gapirishdi. Teatrga tashrif haqida o‘z sahigasiga post joylagan Jill Bayden unga «Uchrashuv vaqti» degan matn ilova qildi. Aftidan Baydenlar chinakam qarilik gashtini surmoqda.
Bayden qaytishga urinyaptimi?
Amerika nashrlarida yozilishicha, Bayden Demokratik partiya yetakchilari bilan uchrashib, Trampga qarshi turish uchun yana katta sahnaga qaytishga, partiya uchun mablag‘ yig‘ishga tayyorligini aytgan. Masalan, NBC News «Bidens want back in», ya’ni «Baydenlar qaytmoqchi» sarlavhali maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, demokratlar yangi rivojlanish yo‘lini qidirayotgan bir vaqtda Baydenlar o‘z yordamlarini taklif qilgan.
Bayden demokrat liderlarga partiya uchun mablag‘ yig‘ib yo‘qotilgan obro‘ni qaytarishga urinmoqchiligini aytgan. Biroq demokratlarga Bayden nomzodi unchalik ma’qul kelmagan, ular tarafdorlarini ilhomlashtirish uchun yangi yosh lider izlamoqda.
NBC News mustaqil o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Demokratik partiya reytingi 27 foizgacha tushib ketgan. Bu 1990 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. Donald Tramp sobiq prezident Bayden katta siyosatga qaytishi mumkinligi haqida savolga javob berarkan bunday xursand bo‘lishini aytdi zaharxanda bilan. Ya’ni Tramp Bayden qaytgani bilan nima ham qilardi, degan go‘yo.
Bayden hozir memuar yozishga tayyorlanayotgan, bu borada Toni Blinken va Jyeyk Sallivan kabi o‘z ma’muriyatidagi yuqori martabali mulozimlar bilan maslahatlashayotgan ekan. Bayden ko‘pchilik odamlar oldida ko‘rinish bermayotgan bo‘lsa-da, Delever va Vashington orasida tez-tez qatnab uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Hozircha demokratlar kelasi saylovda yangi liderlari kim bo‘lishini aniqlab olgani yo‘q. Aftidan, demokratlar katta qaytish amalga oshirish uchun fursat kutyapti. Aytaylik, Tramp ma’muriyati biror jiddiy muammoga uchrashini. Partiyaning yangi yuzi demokratik shtatlardan birortasining meri bo‘lishi mumkin. Balki Kamala Harrisga yana bir bor imkon berishar. Balki Mishel Obama nihoyat katta siyosatga kirib kelar. Buni keyinroq bilib olarmiz. Hozircha Amerikada respublikachilar mutlaq hukmronligi davom etadi.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti

18:19 / 23.04.2025