Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Yangi konstruksiyasi 75 yildan ortiq vaqt davomida xizmat qilgan yog‘och stansiyasi o‘rnini egalladi.

Foto: The New York Times
Yaponiyada olti soat ichida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi birinchi temiryo‘l stansiyasi qurildi, deb yozadi The Independent.
3D-printer texnologiyasidan foydalanilgan holda yaratilgan dunyodagi birinchi temiryo‘l stansiyasi Osaka janubida joylashgan Arida shahrida paydo bo‘ldi. Yangi konstruksiya 75 yildan ortiq vaqt davomida xizmat qilgan yog‘och stansiyasi o‘rnini egalladi.
Qurilish ishlari atiga olti soat davom etgan — ishlar kechasi, oxirgi poyezd jo‘nab ketishi va birinchi poyezd kelishi oralig‘ida olib borilgan. Balandligi 2,6 metr, maydoni 9,3 metr kvadratga yetadigan stansiya temir-betondan qurilgan. Uning dizaynida mahalliy mahsulotlar ramzi bo‘lgan mandarin va baliq tasvirlangan.
Loyiha G‘arbiy Yaponiya temiryo‘l kompaniyasi (JR West) va Serendix qurilish firmasi hamkorligida amalga oshirildi. JR West vakilining so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy qurilish ishlari ikki oydan ortiq davom etishi va ikki barobar qimmatga tushishi mumkin edi.
Kumamoto prefekturasidagi zavodda 3D-printer yordamida konstruksiya elementlarini bosib chiqarishga yetti kun vaqt sarflangan. Shundan so‘ng ular stansiya quriladigan joyga yetkazilib, bir kechada yig‘ilgan. Yangi stansiya temir-beton binolar standartlariga javob beradigan seysmik bardoshlilikka ega.
Asosiy bino tayyor bo‘lsada, chipta avtomatlari va turniketlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Stansiya yo‘lovchilar uchun 2025 yil iyulda ochilishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi
Jahon | 20:58
-
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi
O‘zbekiston | 20:51
-
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi
Jahon | 20:48
-
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
O‘zbekiston | 20:45
Mavzuga oid

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

10:11 / 22.06.2025