Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Suv ostiga cho‘kib borayotgan Kansay xalqaro aeroporti 20 mlrd dollar evaziga qurilgan va 1994 yilda foydalanishga topshirilgan.

Foto: Bild
Osaka ko‘rfazidagi ikkita sun’iy orolda joylashgan Kansay xalqaro aeroporti haddan ortiq og‘ir infratuzilma tufayli cho‘kib ketishi mumkin, deb yozadi Bild.
Aeroport 20 milliard dollar evaziga qurilgan va 1994 yilda ochilgan. Ayni vaqtda u yiliga 30 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aeroport Yaponiyaning materik qismi bilan 3,75 kilometrli ko‘prik orqali bog‘langan.
Qayd etilishicha, aeroport konstruksiyasi hatto kuchli zilzilaga ham bardosh bera oladi: uchish-qo‘nish yo‘lagiga maxsus asfalt-beton aralashma quyilgan bo‘lib, u yemirilish va deformatsiyaga bardoshli.
Ushbu havo bandargohining asosiy muammosi — aeroport og‘irligi loy va balchiqdan iborat dengiz tubiga bosim o‘tkazayotganida. Aeroport faoliyatining dastlabki yillarida muhandislar u 50 yil davomida 8 metrga cho‘kishini taxmin qilgan, ammo Kansay aeroporti foydalanishga topshirilgan vaqtdayoq mazkur ko‘rsatkichdan o‘tib ketilgan.
Bugungi kunda havo bandargohi 11,5 metrgacha cho‘kkan, 2056 yilga borib konstruksiya butunlay suv ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin.
Kansay aeroporti dunyodagi eng uzun terminal binosiga ega — 1,7 kilometr. Shuningdek, u bagajlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘ziga xos ko‘rsatkichni qayd etgan: bu yerda shu vaqtgacha birorta ham bagaj yo‘qolmagan.
Mavzuga oid

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

00:20 / 12.04.2025
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

14:08 / 10.04.2025