Namangan tekstil mahsulotlari Seyshel orollariga eksport qilinadi
Namangan viloyati delegatsiyasi Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan ITB Berlin 2025 xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtiroki doirasida samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: dunyo.info
Unda Namanganning boy tarixiy va madaniy merosini targ‘ib etish, 3000 yillik Axsikent arxeologiya yodgorligi va 64-Xalqaro gullar festivali haqida xalqaro media platformalarda keng qamrovli ma’lumotlar tarqatish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Yarmarka doirasida Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Lui Silvestr Radegond va "Axsikent" arxeologiya parki rahbari Anvar Ikrom o‘rtasida muzokara o‘tkazildi. Unda turizm, tekstil mahsulotlari eksporti va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. "Men Namanganga alohida e’tibor bilan qarayman. 2023 yildagi tashrifim chog‘ida ilk hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishgan edik. Bugun esa ularni amaliy bosqichga olib chiqish vaqti keldi", – dedi vazir.
Uchrashuv davomida Seyshel orollaridagi 700 ta mehmonxona va 2000 ta mehmon uyiga Namanganda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari, 64-Xalqaro gullar festivaliga ushbu mamlakatdan turistlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Lui Silvestr Radegond joriy yil may oyida rasmiy delegatsiya bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Germaniyadagi turizm vakili, Nüma agentligi rahbari Dalya Altuntepe Namangan viloyatining rasmiy turizm elchisi etib tayinlandi hamda agentlik va Ziyarah Travel kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

10:14
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025