Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
Doha shahrida "Progressiv islohotlar markazi" va Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
O‘zaro akademik hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini nazarda tutgan mazkur hujjatni imzolash marosimi mamlakatning Qatardagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi.
Tomonlar birgalikda respublikaning aholi zich joylashgan shaharlaridan biri – Namanganda O‘zbekiston – Qatar kasbiy mahorat markazi ochishni rejalashtirgan.
Unda o‘quv mashg‘ulotlari UDST ilg‘or dasturlari yordamida ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ishlash imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo‘ladi.
2022 yil Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy farmoyishi bilan tashkil etilgan Doha fan va texnologiya universiteti Qatardagi amaliy, texnik va kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan birinchi universitet hisoblanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi 64 mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistr tayyorlaydi. Universitet tarkibida biznes, muhandislik, IT, tibbiyot va umumiy fanlarga ixtisoslashgan 5 ta kollej bor.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025