Jamiyat | 11:43 / 10.04.2025
1825
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

10 apreldan 30 aprelgacha Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. 

Foto: Google maps

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori kuchlanishli (10 kV) yerosti elektr uzatish kabel liniyalarini o‘tkazish ishlari boshlanmoqda

Shu munosabat bilan, 2025 yil 10 aprel soat 10:00 dan 30 aprel soat 17:00 gacha Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. 

Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi. Haydovchilarga yo‘nalishni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid