Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus ta’lim vaziri Andrey Ivanets bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar chog‘ida Belarus prezidentining 2024 yil 7-9 fevral kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Andrey Ivanets Belarus Ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida imzolangan "Yo‘l xaritasi"ni hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan erishilgan Hamkorlik dasturi bandlarini batafsil muhokama qilishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda 2024 yil sentabr oyida o‘z faoliyatini boshlashi kerak bo‘lgan P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti ta’lim muassasasi filialini ochish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirish va yakunlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi yakunlari bo‘yicha mamlakat 14 ta hududida kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga to‘xtalar ekan, Andrey Ivanets Belarus tomonida ushbu sohada katta tajriba borligini ta’kidladi va ularning o‘zbek tomoni bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Belarusning "EkoTexnoPark-Volma Resurs markazi" tajribasini qo‘llagan holda Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi vakolatlar markazini tashkil etish masalasi ustida ishlayapti. Ushbu birinchi pilot markaz joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chog‘ida, shuningdek, O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda "2+2" shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish istiqbollari xususida ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Jahon | 17:05
-
VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat
O‘zbekiston | 17:00
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
Mavzuga oid

13:57 / 10.07.2025
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

14:13 / 02.07.2025