Isroil sudi ShABAK rahbarining ishdan olinishini vaqtinchalik blokladi
Oliy sud hukumat tomonidan ishdan bo‘shatilgan Ronen Bar hozircha ShABAK razvedka agentligi rahbari lavozimida qolishi haqida qaror chiqardi. Sudya bosh vazir va bosh prokurorni murosaga kelishga chaqirdi.

Ronen Bar Foto: COHEN-MAGEN/AFP/Getty Images
Isroil Oliy sudi (BAGATs) Ronen Barning Bosh xavfsizlik xizmati (ShABAK) direktori lavozimidan ketishini blokladi. 8 aprel, seshanba kuni kechqurun sud tomonidan chiqarilgan vaqtinchalik qarorga ko‘ra, Bar hukumat tomonidan uning ishdan bo‘shatilishi yuzasidan berilgan arizalar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaguncha o‘z lavozimida qolishi kerak.
Ungacha hukumat Ronen Barning potensial vorislari bilan muzokaralarni davom ettirishi mumkin, biroq ShABAK rahbarini doimiy yoki vaqtincha tayinlay olmaydi.
Raislik qiluvchi sudya Itsxak Amit hukumat va bosh prokurorni Fisih bayrami tugaguniga qadar (ya’ni 20 aprelgacha) «vaziyatga ijodiy yondashish» va murosaga kelishga chaqirdi. Bosh vazir Binyamin Netanyahu bu qarorni g‘alati deb atadi.
Netanyahu 21 mart kuni Ronen Barni Isroil razvedkasi boshlig‘i lavozimidan bo‘shatdi va bunga sabab sifatida Barga «ishonch yo‘qligi»ni keltirdi. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorni bir ovozdan ma’qulladi.
Mavzuga oid

13:05 / 28.04.2025
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti

09:45 / 28.04.2025
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" inshootiga zarba berganini ma’lum qildi

07:51 / 28.04.2025
BMT maxsus ma’ruzachisi Isroildan G‘azodagi ommaviy qotilliklarni to‘xtatishni talab qildi

20:03 / 27.04.2025