Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Maktab direktori sherigi bilan shartli xaridorga qariyb 1 kg opiy giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan. Oldin ham firibgarlik jinoyatini sodir qilib sudlangan direktor sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Illyustrativ foto
Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan maktab direktori va uning sherigi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan F.X. Urgut tumanidagi 71-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan. U 2024 yil avgust oyi boshlarida mahalladoshi Sh.A. bilan ko‘p miqdordagi opiy giyohvand moddasini Samarqand viloyati hududida sotish bo‘yicha jinoiy til biriktirgan.
Jinoiy rejaga muvofiq Sh.A. tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxsdan qariyb 1 kg opiyni pulini sotganidan so‘ng berish sharti bilan olgan. So‘ngra sheriklar 2024 yil 27 noyabr kuni giyohvand moddani huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbirga jalb qilingan shartli haridorga 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ushlangan. Ulardan bir dona qora rangli sellofan paketga o‘ralgan opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil tariqasida olingan. Uning og‘irligi 921,36 grammni tashkil qilgan.
F.X. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan hamda opiyni tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ishlovchi tanishining iltimosiga asosan topib berganligini, bundan manfaatdor bo‘lmaganini aytgan. Qilmishidan pushaymonligini bildirgan direktor suddan yengillik so‘ragan.
Sh.A. ham aybiga qisman iqror bo‘lib, F.X. turmush o‘rtog‘ini ishga qabul qilishini aytgani uchun uning iltimosiga rozi bo‘lib, giyohvand modda topib berganini ma’lum qilgan.
Sud hukmi bilan F.X. va Sh.A. Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismida (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. F.X.ga 10 yil 2 oy, Sh.A.ga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
-
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57
-
UzIMEI bo‘yicha raqamli texnologiyalar vaziriga senator so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 17:42
-
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

09:33 / 12.06.2025