O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilaydi
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari ikki davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jidda shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashdi.
"Hamkasbim Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan janoblari bilan birga muntazam muloqotlar va almashinuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashini qayd etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida".
Qayd etilishicha, rahbarlar o‘rtasida imzolangan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, IV oliy darajadagi strategik kengashni Toshkent shahrida o‘tkazish, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid

18:19 / 09.04.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida

14:45 / 09.04.2025
AQShda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

14:50 / 07.04.2025