Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda
Ukrainaning Yevropa bo‘yicha ittifoqchilari va Kanada Kremlga murojaat bilan chiqib, Kiyev hech qanday shartlarsiz qabul qilgan AQShning otashkesim to‘g‘risidagi taklifiga darhol javob berishni talab qildi.

Foto: Jacquelyn Martin / Reuters
«Rossiya bugun AQShga javob berishi kerak. Bu javob yo «ha», yo «yo‘q» ko‘rinishida bo‘lishi lozim va o‘z vaqtida berilishi shart», — deya ta’kidladi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Bryusselda o‘tkazgan uchrashuvda Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan birgalikda chiqish qilib.
Bloomberg nashrining yozishicha, Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli Kreml «yaqin vaqt ichida aniq pozitsiya bildirishi kerakligini», aks holda oqibatlarga duchor bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Barro Rossiya tomonidan, avval kelishib olingan tartiblarga qaramasdan, Ukraina energetika infratuzilmasiga hali ham zarbalar berilayotganini keskin qoraladi.
Ittifoqchilar tomonidan jamoatchilik oldida bosim o‘tkazish orqali Rossiyani deeskalatsiya borasida amaliy qadamlarga undash ko‘zda tutilgan. Bloomberg ta’kidlashicha, Vashingtonda Rossiyaning uzoqqa cho‘zilgan muzokaralar jarayonidan jiddiy ranjishi kuchayib bormoqda.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Bryusselda o‘tkazilgan uch kunlik muzokaralar yakunida bildirishicha, AQSh «bir necha hafta, emas bir necha oy ichida» Rossiya tinchlikka jiddiy tayyormi-yo‘qmi, shunga oydinlik kiritishni istamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina otashkesimga hech qanday oldingi shartlarsiz tayyorligini ko‘rsatdi — «endilikda to‘p Rossiya tomonida. Biz har ikki tomon qabul qildigan yechim sari ilgarilashimiz kerak», — deya ta’kidladi Rubio.
Shuningdek, u AQShda Rossiyaga nisbatan yangi sanksion bosimlar talabi kuchayib borayotganini ma’lum qildi.
Reuters manbalariga ko‘ra, muzokaralarda aniq ilgarilash kuzatilmayotgani va noaniqlik fonida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqin oylarda Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishish imkoni juda past ekani xulosasiga kelgan. Agentlikning ikki yuqori lavozimdagi manbalari ma’lum qilishicha, Oq uy Moskva hamda Kiyevga nisbatan bosimni kuchaytirish bo‘yicha alternativ mexanizmlar ustida ish boshlagan.
Fox News jurnalisti Jyeki Haynrixning AQSh prezidenti atrofidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, Rossiyaning neft eksportiga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni chetlab o‘tish uchun qo‘llanilayotgan «xufyona floti»ga qarshi qat’iy choralar ko‘rish ham ko‘rib chiqilmoqda. Uning ma’lum qilishicha, Donald Tramp Vladimir Putinni muzokara jarayonini ataylab cho‘zmoqda, deb hisoblaydi.
Reuters nashriga ko‘ra, AQSh hukumati Rossiyani Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasidagi yondashuvini o‘zgartirishga majburlash uchun qo‘shimcha iqtisodiy va diplomatik choralarni ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda

22:22 / 04.04.2025