Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
«Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzusida o‘tkazilayotgan Assambleyada 190 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi ish boshladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati veb-sayti xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Parlamentlararo ittifoq parlament diplomatiyasini rivojlantirish, demokratik institutlarni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish kabi muhim yo‘nalishlarda faol ish olib bormoqda.
Tashkilot milliy qonunchilik organlarining ilg‘or tajriba va amaliyotlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali zamonaviy tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha parlamentlar uchun umumiy strategiyalarni ishlab chiqishda ko‘maklashib kelmoqda.
«Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» mavzusida o‘tkazilayotgan Assambleyada 190 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Assambleya doirasida ijtimoiy taraqqiyotga erishishda, adolatli jamiyatni barpo etishda parlamentlar ishtirokni kengaytirish va faolligini oshirishga qaratilgan 90 ga yaqin turli tadbirlar va debatlar tashkil etiladi.
Assambleyada Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi va Parlamentlararo ittifoq jahon siyosiy maydonida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lganini hamda parlament diplomatiyasini rivojlantirish va demokratik institutlarni mustahkamlash borasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotganini ta’kidlab o‘tdi:
– Bugun Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida islohotlar izchillik bilan davom etmoqda, taraqqiyotning hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yildi. Milliy parlamentlarning ushbu jarayonlarda muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy vazifalarni hal etishdagi roli, vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston parlamenti xalqaro parlament mexanizmlariga faol ravishda integratsiyalashib bormoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik paalatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ishtirokchilarini qutlab, mazkur tadbirning parlamentarizm tarixidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:
– Qonunchilik sohasida, dunyo miqyosidagi muloqot va sheriklikni mustahkamlash, parlamentlarning ijtimoiy taraqqiyotni va adolatni ko‘zlagan holda faollik ko‘rsatib, tajriba almashish borasida Parlamentlararo ittifoq istiqbolda o‘zining muvofiqlashtiruvchilik rolini yanada kuchaytiradi deb umid qilamiz.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Assambleyaning bosh mavzusi “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” ekanligini qayd etib, bu borada davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalarga e’tibor qaratdi.
Xususan, Parlamentlararo ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson xonim quyidagi fikrlarni bildirdi:
– O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni va mamlakatingiz qanday taraqqiy etayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Shu munosabat bilan yana bir bor O‘zbekiston Prezidentini hamda Senat Raisini bu boradagi harakatlari natijasi bilan tabriklayman. Bu mamlakat barqaror rivojlanib bormoqda. Assambleya davomida biz adolat va ijtimoiy taraqqiyot mavzularini jamlab, ular qanday uyg‘unlashishi mumkinligini muhokama qilmoqchimiz. Sababi ba’zida ijtimoiy adolatsizliklar bo‘ladi va ayrim davlatlar bu adolatsizliklarni taraqqiyot nomidan oqlashga urinadilar. Biz esa bu ikki tushuncha birgalikda rivojlanishi kerak, deb hisoblaymiz.
Bosh kotib Martin Chungong esa shunday dedi:
– Bu hafta davomida Toshkent parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanadi. Bu yig‘ilish global hamjamiyat duch kelayotgan muammolar, ziddiyatlar va nizolarni muloqot orqali hal qilish mumkinligini ko‘rsatuvchi namunaga aylanadi. Ayni vaqtda dunyo murakkab muammolar, urushlar va ziddiyatlar girdobida qolayotgan bir paytda ushbu Assambleyaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi yurtingizdagi bebaho ne’mat – tinchlik hukmronligini hamda mamlakat rahbariyatining ko‘p tomonlama hamkorlik va parlament diplomatiyasini rivojlantirishga bo‘lgan sodiqligini ko‘rsatadi. Bu uchun Parlamentlararo ittifoq juda minnatdordir.
Assambleya 9 aprelgacha davom etadi. Unda muhim xalqaro hujjatlar, jumladan, Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025