2025 yilda 600 ming gektardan ortiq maydonda chigirtka tarqalishi prognoz qilingan
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ba’zi hududlarida zararli chigirtkalar bosqini boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bunga munosabat bildirdi.

Foto: thinkstock.com
2025 yilda O‘zbekiston bo‘yicha 608,1 ming gektar maydonda chigirtka tarqalishi prognoz qilingan. Mart-aprel oylari chigirtkaga qarshi kurash xizmati otryadlari uchun muhim palla bo‘lib, respublikaning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kimyoviy kurash tadbirlari olib borilmoqda.
2025 yil fevral-mart oylarida 424 ming gektar maydonda kuzatuv-nazorat ishlari amalga oshirildi. Monitoring natijalari Locust.uz axborot dasturiga kiritildi. Zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va samarali o‘tkazish uchun jami 42 ta maxsus avtomashina, 181 ta traktor, 69 ta OVX-600 va 113 ta VP-1 purkagich, 584 ta motorli qo‘l purkagichlari va 28 ta suv tashuvchi transport vositasi tayyor holga keltirildi.
Zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etish va samarali olib borish maqsadida otryadlarning dislokatsiya xaritasi ishlab chiqildi hamda alohida mobil ishchi guruhlar tashkil etildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida 22 martdan buyon 5468 gektar maydonda kimyoviy kurash olib borildi. Mazkur viloyatlarda jami 30 otryad tuzilib, 276 mutaxassis jalb etilgan. Jizzax viloyatida ham kimyoviy kurash tadbirlari boshlandi.
Mamlakat chigirtkalarning rivojlanishi va tarqalishi uchun iqlim jihatidan qulay bo‘lib, chigirtkalarning tarixiy areali hisoblanadi. O‘zbekistonda 200 turdagi chigirtkalarni uchratish mumkin, ularning to‘da hosil qiluvchi 6-8 turiga qarshi har yili kimyoviy kurash tadbirlari olib boriladi. Sababi hasharotlar qishloq xo‘jaligi ekinlari, saksovulzorlar va yaylovlarga zarar yetkazishi xavfi mavjud.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi zararli chigirtka tarqalgan hudud haqida xabardor bo‘lganlardan 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga murojaat qilishni so‘ragan. Kimyoviy ishlov bepul olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi
Jahon | 18:09
-
Ukraina Qrim ko‘prigi ustunlarini minalashtirganini aytmoqda
Jahon | 17:59
-
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi
O‘zbekiston | 17:58
Mavzuga oid

22:49 / 02.06.2025
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi

15:49 / 14.05.2025
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

10:20 / 05.05.2025