2025–2026 yillarda 3 mingga yaqin mikro GES qurilishi belgilandi
Yangi mikro gidroelektr stansiyalarini ishga tushirish hisobiga 280 ming aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash reja qilingan.

Foto: O‘zbekgidroenergo
«Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- jami quvvati 164 MVt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES qurish va yiliga 500 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish;
- yangi mikro GES ishga tushirish hisobiga 280 mingta aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash;
- qurilish davrida 1200 nafar ishchining bandligini ta’minlash va loyihalar ishga tushgandan keyin 520 ta doimiy ish o‘rni yaratish.
2025 yil 1 maygacha loyiha hujjatlariga asosan mikro GES qurish uchun tanlab olingan yer uchastkalari belgilangan tartibda Energetika vazirligiga ajratiladi.
Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari loyiha tashabbuskorlariga mikro GES qurish va ishga tushirish uchun 20 yil muddatga ijaraga berilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, kichik va mikro gidroelektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

22:06 / 17.05.2025
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi

16:16 / 25.03.2025
Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

20:07 / 13.02.2025