WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda
Qo‘shma Shtatlar orol hukumatiga Daniyadan ko‘ra foydaliroq bitim taklif qilishi mumkin.

Foto: AP
Oq uy Grenlandiyani AQSh hududi sifatida nazoratga olish hukumatga qanchaga tushishini hisob-kitob qilmoqda. Bu haqda uch nafar manbasiga tayanib The Washington Post xabar berdi.
Gazetaning ikki suhbatdoshi ma’lum qilishicha, Oq uy budjet boshqarmasi xodimlari Grenlandiya qo‘lga kiritilganida uni ushlab turish, jumladan, orolning 58 ming aholisiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qancha mablag‘ sarflanishini hisoblashga urinmoqda. Shuningdek, Oq uy AQSh Grenlandiyaning tabiiy resurslardan qancha daromad olishi mumkinligini tushunishga harakat qilyapti.
WP’ning yozishicha, variantlardan biri Grenlandiya hukumatiga Daniyadan ko‘ra foydaliroq bitim taklif qilishni nazarda tutadi — Daniya har yili oroldagi xizmatlarni taxminan 600 million dollar miqdorida subsidiyalaydi.
«Agar biz Grenlandiyani qo‘lga kiritsak, AQSh uchun xarajat va foyda qanday bo‘lishi mumkinligi haqida munozara ketmoqda», — deydi Oq uydagi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, xarajatlarning tahlili «grenlandiyaliklar ovoz berib, buni qo‘llab-quvvatlaydigan ssenariy asosida olib borilmoqda».
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Amerika jamoatchiligini hukumat Grenlandiyadagi xarajatlarini foydali qazilmalar qazib olishdan olinadigan «royalti» va tijoriy faoliyatdan tushadigan soliqlar orqali qoplay olishiga ishontirishga urinmoqda. Biroq Grenlandiyaning mineral resurslaridan olinadigan aniq iqtisodiy foyda hali ham noma’lum. Foydali qazilmalarni qazib olish jarayoni haqida oldindan biror nima deb bo‘lmaydi, shuningdek, mintaqaning sovuq iqlimi bu jarayonni yanada murakkablashtiradi. Bundan tashqari, Grenlandiya hukumati ilgari ba’zi foydali minerallarni qazib olish loyihalarini rad etgan.
Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi bo‘yicha muhokamalar Tramp prezidentlikka kelishi bilan, hatto uning inauguratsiyasidan oldin boshlangan. U Grenlandiyaga egalik va uni nazorat qilish «mutlaq zaruriyat» ekanini ta’kidlagan va buni milliy xavfsizlik bilan asoslagan. Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede esa bunga javoban «Grenlandiya sotilmaydi», degan. Tramp bu reja haqida o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida ham gapirgandi, biroq o‘shanda uning taklifiga rad javobi berilgan.
Trampning rejalari Daniyada ham xavotir uyg‘otmoqda, ammo AQSh prezidenti Grenlandiyani «100 foiz qo‘lga kiritishiga» ishonch bildirmoqda. 28 mart kuni Grenlandiyaga AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens tashrif buyurgandi. Pittufikdagi Amerika harbiy bazasida chiqish qilgan Vens AQSh «harbiy kuch qachondir zarur bo‘lishi haqida o‘ylamayotganini» aytgan. «Biz Grenlandiya aholisi o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘li orqali Daniyadan mustaqil bo‘lishga qaror qiladi deb o‘ylaymiz, shundan so‘ng biz Grenlandiya xalqi bilan muzokaralar olib boramiz», — degan Vens.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

00:03
Trampning «Amerika smartfoni» aslida xitoyniki bo‘lib chiqdi - OAV

16:26 / 20.06.2025
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin

14:15 / 20.06.2025
«Tramp zerikib qolmasligi» uchun NATO sammit dasturini qisqartirdi

10:02 / 20.06.2025