AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
So‘nggi bir necha hafta ichida AQSh rasmiylari va «Tolibon» harakati o‘rtasidagi munosabatlarda bir nechta voqealar sodir bo‘ldi, ekspertlar buni munosabatlarning iliqlashuvi va hatto rasmiy aloqalarni tiklash yo‘lidagi dastlabki qadamlar deb baholamoqda.

Oq uy va Afg‘onistonning yangi hukumati o‘rtasidagi barcha munosabatlar 2021 yilda AQSh va uning ittifoqchilari mamlakatni tark etishi va toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallashi bilan uzilgan edi. O‘shanda AQSh hukumati Afg‘onistonning AQSh banklaridagi hisob raqamlarida bo‘lgan va dastlab toliblarga berishdan bosh tortgan mablag‘larining bir qismini muzlatib qo‘ygan, shuningdek, Kobuldagi yangi rejimni tan olmagandi.
Birinchidan, AQSh Federal qidiruv byurosi o‘z saytida «Tolibon» hukumatining amaldagi ichki ishlar vaziri va «Tolibon» qanotlaridan biri bo‘lgan «Haqqoniy terrorchilik tarmog‘i» asoschilaridan biri Sirojiddin Haqqoniyni qo‘lga olish uchun e’lon qilingan 10 million dollarlik mukofotni bekor qildi.
Sirojiddin Haqqoniy toliblar orasida Haybatullo Oxundzodadan keyingi ikkinchi nufuzli shaxs sanaladi.
Shuningdek, Davlat departamenti «Haqqoniy» tarmog‘ining yana ikki yuqori martabali rahbari Abdulaziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniyni ham qidiruvdagilar ro‘yxatidan olib tashlagan
Haqqoniy bilan birga «Haqqoniy tarmog‘i"ning yana ikki yuqori martabali yetakchisi: Abdulaziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniyni qo‘lga olish uchun mukofotni bekor qildi.
Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti Sirojiddin Haqqoniy va tarmoqning boshqa ikki a’zosi hamon xalqaro terrorchi hisoblanishini, «Haqqoniy tarmog‘i»ning o‘zi esa AQShda terrorchi tashkilot sifatida tan olinganini ma’lum qilgan.
Xo‘sh, AQSh nega «Tolibon» ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy uchun belgilangan mukofotni bekor qildi-yu, lekin terrorchilar safidan chiqarilmadi?
Afg‘onshunos Hamza Boltayevning fikricha, ushbu mukofot bekor qilinishini Ilon Mask boshchiligidagi davlat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departament faoliyati bilan bog‘lash mumkin. Chunki u davlat harajatlarini reviziya qilyapti.
«Undan tashqari, avvallari AQSh «Tolibon» bilan munosabatlarini uchinchi tomon vositasida amalga oshirgan, lekin Vashingtonning bu galgi harakatlari Tramp ma’muriyatiining «Tolibon»ga nisbatan yangi strategiyasining ilk qadamlari sifatida baholanishi mumkin.
Shuningdek, asli etnik afg‘on bo‘lgan Zalmay Halilzodaning Kobulda muzokaralar o‘tkazgani Vashingtonning «Haqqoniy tarmog‘i»ga e’tibor qaratyotganidan darak», deydi u.
21 mart kuni toliblar AQSh fuqarosi Jorj Holsmanni qamoqdan ozod qildi. Bundan tashqari, bir necha kun oldin Amerika delegatsiyasi Kobulda «Tolibon»ning ayrim vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.
«Tolibon»ning ichki tarkibi bir butun emas. U ikki asosiy yo‘nalishga bo‘lingan: Haqqoniy tarmog‘i va Oxundzoda guruhi.
Haqqoniy tarmog‘i – xalqaro hamjamiyat bilan kelishishga moyilroq, Pokiston bilan yaqin ishlaydi degan ma’lumotlar ham bor. AQSh bilan yashirin muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega. Bu haqida bir necha oy avval New York Times’ga shaxsan Sirojiddin Haqqoniyning o‘zi ham intervyu bergan edi.
Oxundzoda guruhi – mafkuraviy jihatdan qattiq diniy yo‘nalishda, izolyatsionistik siyosat yuritadi va AQSh bilan har qanday kelishuvga shubha bilan qaraydi.
So‘nggi vaqtlarda Haqqoniy va Oxunzoda o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida turli xabarlar ko‘paygan. Mart oyining birinchi yarmida Sirojiddin Haqqoniy ichki ishlar vaziri lavozimidan iste’foga chiqqani ham aytilgandi, biroq keyinchalik xabar tasdiqlanmagan.
Shunday ekan, Haybatulloh Oxunzoda va Sirojiddin Haqqoniy ziddiyati fonida Vashington «Haqqoniy» tarmog‘ini qo‘llayaptimi?
«Ushbu ikki firqa o‘rtasidagi ziddiyat Qandahor va Kobul o‘rtasidagi masaladir. Buning tub mohiyati hokimiyatni kim egallashidadir. So‘nggi vaqtlarda bu ziddiyat ortiqcha yashirilmayapti va keng jamoatchilikka ayon bo‘lib boryapti», deydi Hamza Boltayev.
Sirojiddin Haqqoniy 2008 yilda Qo‘shma Shtatlar tomonidan «global terrorchi» deb topilgan va uning aktivlari muzlatilgan. Qo‘shma Shtatlar Haqqoniyni Amerika qo‘shinlariga qarshi o‘nlab hujumlarni uyushtirganlikda, jumladan 2008 yil yanvarida Kobuldagi Serena mehmonxonasiga AQSh fuqarosi o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda ayblagan edi.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

23:06 / 02.06.2025
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

21:50 / 02.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025