Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
Ko‘plab mijozlar Xayrulla Qosimov ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat kiritgan. “Professor Xayrulla Qosimov” va uning jamoasi juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Kun.uz
“Gold terapi” nomi bilan noan’anaviy usulda davolashni taklif qilib, turli kasalliklarga chalingan fuqarolarni “100 foiz davolash kafolati” bilan ishontirib, ularning bir necha o‘n ming dollarlab pullarini qo‘lga kiritib kelgan Xayrulla Qosimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, “Gold terapi” ishi bo‘yicha Xayrulla Qosimov ustidan ichki ishlar organlariga mingga yaqin ariza tushgan. Ular soni kundan kunga oshmoqda. Tergov jarayonida “Gold terapi” klinikasi faoliyati ham taftish qilinadi. Jinoyat ishi shu yil mart oyining boshida qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz oldinroq “Gold terapi” bo‘yicha ikki qismli katta jurnalistik surishtiruvini e’lon qilgandi. Unda o‘zini professor, tabib, filantrop, psixoximik, “Gold terapi” asoschisi deb e’lon qilgan Xayrulla Qosimovdan jabrlanganlar o‘z hikoyalarini aytib berishgan edi. Odamlar uning bitta konsultatsiyasi uchun 24 mln so‘m, davolashi uchun 20 ming dollarlab pul to‘lashgan.
Jabrlanuvchilarning barchasi Xayrulla Qosimov davolash bahonasida ularga giyohvand ichimlik ichirganini ta’kidlashgan.
Jabrlanganlarning aksariyati xonanda Samandar Hamroqulov va YouTube'dagi Chotki.tv kanalining reklamasi sabab ularga ishonib borishganini aytishgan.
Shundan so‘ng Samandar Hamroqulov Kun.uz’ga intervyu berib, o‘zi ham aldanganini, “vijdon azobida qolib ketganini” ma’lum qildi.
Xonandaning aytishicha, u ham shu ichimlik ta’sirida bo‘lgan, ammo ko‘rsatuvni ko‘rgunga qadar bu haqida o‘zi ham bilmagan. Tanishlarining tavsiyasi bilan xotiraning pasayishi, uzluksiz charchoq, uyqusizlik sababli “professor” qabuliga borgan va uning ta’siriga tushib qolgan.
Yaqin kunlarda ushbu klinika faoliyati va Xayrulla Qosimovning g‘ayrioddiy davolash usuli yuzasidan Tailandda o‘tkazilgan 3-maxsus surishtiruv Kun.uz’da sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
Mavzuga oid

18:07 / 31.03.2025
“Gold terapi” izidan Tailandda yoxud Xayrulla Kasimov kirdikorlari – 3-qism

07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

11:39 / 24.02.2025
"Vijdon azobida qolib ketdim" - Samandar Hamroqulovning iqrori

20:00 / 17.02.2025