«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar ishga tanlovsiz olinadi
2025 yildan «El-yurt umidi» jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida «Yorqin iste’dod» loyihasi joriy etiladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yildan «El-yurt umidi» jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida «Yorqin iste’dod» loyihasi joriy etiladi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
- har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
- saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish.
«El-yurt umidi» jamg‘armasiga joriy yilda «Yorqin iste’dod» loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga ishga tanlovsiz olinadi
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston | 11:13
-
Krasnogorskda dron parchalari ko‘p qavatli binoga borib urildi
Jahon | 11:12
-
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
-
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 10:21
Mavzuga oid

09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi

15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi

21:42 / 04.09.2024