Jahon | 12:45 / 27.03.2025
2788
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Yamandagi harbiy amaliyot haqida ma’lumot sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi 

WSJ: Tramp Signal messenjerida ma’lumot sizib chiqishidan darg‘azab bo‘lganini bildirdi.

Foto: Evelyn Hockstein/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Signal messenjerida AQShning husiychilarga qarshi operatsiyasi doirasida Yamandagi zarbalariga oid ma’lumotlar sizib chiqqanidan darg‘azab bo‘ldi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.

«Tramp voqeadan xafa bo‘lganini shaxsiy tarzda bildirdi, dedi uning fikri bilan tanish bo‘lganlar, biroq u strategik qarorga kelib, g‘azabini yashirib, omma oldida bir og‘iz so‘z aytmadi», — deyiladi gazeta xabarida.

Tramp The Atlantic jurnali va uning bosh muharriri Jyeffri Goldbergning «ishonchliligiga hujum qilish» strategiyasini qabul qildi.

Shu haftada AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Signal messenjeridagi yopiq guruhda Yamanda rejalashtirilgan harbiy operatsiya tafsilotlarini oshkor qilgani xabar berilgan edi.

Xato tufayli The Atlantic nashri bosh muharriri Jyeffri Goldberg chatga qo‘shilgani va maxfiy ma’lumotlar muhokamasiga guvoh bo‘lgani xabar qilingandi. Mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori va AQShning boshqa muhim mansabdorlari yozishmalarda qatnashgan.

Mavzuga oid