Sanksiyalar yengillashishi yoki kuchaytirilishi Rossiyaning qadamlariga bog‘liq - AQSh Moliya vazirligi
Rossiya banklarining xalqaro SWIFT tizimiga qayta kirishi mumkinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moskva keyingi harakatlariga bog‘liq. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessant Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty images
«Sanksiyalar rejimining kelajagi Rossiya rahbariyati qo‘lida. Ayni ana shu ularning keyingi qadamlari cheklovlar kuchaytiriladimi yoki, aksincha, yengillashtiriladimi — shunga aniqlik kiritadi», — dedi Bessant. Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp «sanksiyalarni muzokaralarda ustunlikka erishish uchun hech ikkilanmasdan kuchaytirishga tayyor».
Moskva tomonidan Qora dengizdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ilgari surilgan shartlar Vashington uchun qabul qilishga imkonlimi, degan savolga javob berar ekan, AQSh moliya vaziri bu talablar hozirda ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. «Biz barcha ehtimoliy variantlarni muhokama qilmoqdamiz», — dedi u.
Oq uy 25 mart kuni Rossiya va Ukraina bilan erishilgan kelishuv haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tomonlar Qora dengiz havzasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lishgan. AQSh ma’muriyati ma’lum qilishicha, kelishuvga ko‘ra xavfsiz kemachilikni ta’minlash va hududda kuch ishlatishdan voz kechish nazarda tutilgan. Bunga javoban Vashington Rossiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilishini tiklashga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.
Odan vaqt o‘tgach, Kreml mazkur kelishuv bo‘yicha o‘z talqinini e’lon qildi. E’lon qilingan bayonotda Rossiya tomoni harbiy harakatlarni to‘xtatish bir qator shartlar bajarilgan taqdirdagina mumkinligini ta’kidladi. Bu shartlar qatorida «Rosselxozbank» va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan boshqa kredit tashkilotlaridan sanksiyalarni bekor qilish, ushbu banklarning SWIFT tizimi va valuta korrespondentlik hisoblariga qayta ulanishini ta’minlash kabi talablar bor.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kremlning bayonotiga qattiq munosabat bildirib, uni «manipulyatsiya va aldash» deb atadi. «Biz Rossiya kelishuvlarni qanday qilib inkor etib, faqat bizning vositachilarni emas, butun dunyoni ham chalg‘itishga urinyotganini ko‘ryapmiz. Qora dengizdagi tinchlik shartlari Oq uy bayonotida aniq bayon qilingan — ular bilan har kim tanishishi mumkin. Ammo Moskva yana real voqelikni aylantirishga harakat qilmoqda, o‘t ochishni to‘xtatish go‘yoki sanksiyalarni bekor qilishga bog‘liq, deb ko‘rsatmoqda», — dedi Zelenskiy.
26 mart kuni Yevropa Ittifoqi Qora dengiz bo‘yicha muhokama qilinayotgan kelishuv doirasida Rossiya tomonidan ilgari surilgan sanksiyalarni yengillashtirish talablarini rad etdi. Yevropa komissiyasi vakili Anitta Hipperning ta’kidlashicha, Rossiya tomonining talablariga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi «Rosselxozbank»ga nisbatan joriy qilingan cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.
«Sanksiyalar rejimida har qanday yengillik faqat Rossiyaning asossiz va nohaq tajovuzini to‘liq to‘xtatishi va barcha harbiy kuchlarini Ukraina hududidan to‘liq chiqarishi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin», — dedi Hipper.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 14.06.2025