Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Samarqand va Buxoro viloyatlarida yer maydonlari olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.I. fuqaro U.T.ning ishonchiga kirib, “Ota” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini guyoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, yer maydonini 100 mln so‘mga sotishga kelishib, hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 100 mln so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Buxoro shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.A. fuqaro J.R.ga Vobkent tumani “Latif Sobungar” MFY hududidagi 6 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritishi uchun ajratilgan 60 sotix yer maydonini go‘yoki o‘zi rahbarlik qilayotgan “Sh.O‘.” fermer xo‘jaligiga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 90 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:33 / 28.03.2025
Bo‘stonliqda 72 sotix yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:09 / 25.03.2025
66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

15:44 / 16.03.2025
Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

16:24 / 07.03.2025