Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda
Mijozlardan biri kichkina porsiyadagi taom bu qadar qimmatligiga norozilik bildirgan, restoran vakillari esa taom tarkibidagi tovuq “noodatiy sharoitda” boqilganini ta’kidlagan.

Foto: ctdsb.net
Shanxaydagi restoranlarning birida mijoz tovuq go‘shti solingan kichik porsiyali taom narxidan g‘azablandi. U ofitsiantlar bilan uzoq tortishdi, ammo oxir-oqibat 66 dollar to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi South China Morning Post.
Restoran vakillarining tushuntirishicha, taom narxi bu qadar qimmatligiga sabab uning tarkibidagi tovuq “noodatiy sharoitda” boqilgan — go‘yoki u “klassik musiqa tinglab, sut ichib” o‘sgan.
Bosh oshpaz ushbu taom uchun ishlatgan tovuq kungaboqar tovuq deb ataluvchi noyob tur sanaladi. U ko‘pincha “Mishlen” yulduziga ega restoranlarda pishiriladi. Uni imperator tovug‘i deb ham atashadi. Mazkur tur o‘zining mazali ta’mi va yumshoqligi bilan ajralib turadi.
Bunday tovuqlar kungaboqar poyasi va gulidan olingan sharbat bilan oziqlantiriladi. Ularni boqish jarayonida fermerlar parrandalarga klassik musiqa eshittirishadi.
Restorandagi erkak buyurtma uchun to‘lov qildi, ammo uning g‘azabi bosilmadi. Restoranda unga qisman yolg‘on gapirishgan, chunki tovuqlar hech qachon sut bilan boqilmaydi, deyiladi xabarda.
Avvalroq jurnalistlar Xitoy restoranlarida yenot va tulki go‘shti qo‘y va mol go‘shti sifatida tortilishini aniqlagandi. Mamlakatda antisanitariya sharoitida yetishtirilgan hayvonlar tanasini sotish qonun bilan taqiqlangan, mutaxassislarning aytishicha, ularning go‘shti iste’mol uchun juda xavfli.
Mavzuga oid

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

18:11 / 27.03.2025
TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

14:33 / 27.03.2025