Fransiyada ijarachi uy egasini «haddan tashqari yuqori» ijara narxi uchun sudga berdi
Lion sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, ijarachi foydasiga qaror chiqardi.

Foto: REUTERS
Fransiyada ijarachi o‘zi yashayotgan uyga belgilangan ijara narxi haddan tashqari yuqoriligi uchun xonadon egasini sudga berdi, deb yozadi Le Figaro.
Qayd etilishicha, Lionda yashovchi Faben ismli erkak oyiga 600 yevro evaziga ijarada yashab kelgan. U shahar boshqaruvi saytini o‘rganib chiqib, uning ijara to‘lovi belgilangan maksimal miqdor — har bir ijarachi uchun 383 yevrodan oshib ketganini tushunib qolgan va uy egasiga qarshi sudga murojaat qilgan.
Avvaliga Faben uy egasiga ortiqcha to‘langan pullarni qaytarishni so‘rab murojaat qilgan. Rad javobini olgach, erkak yurist topgan va sudga borgan. Uning qo‘shnisi ham birgalikda sudga shikoyat kiritgan.
Ish Lion sudi tomonidan o‘tgan yilning oktyabrida ko‘rib chiqilgan. Natijada javobgar zimmasiga belgilangan maksimal ijara haqidan ortiqcha to‘langan ijara summasini to‘liq qoplash yuklangan, ya’ni uy egasi ikki kishiga 4008 yevro to‘laydi. Shuningdek, sud ijaraga beruvchi fuqaroni ijara qoidalariga bo‘ysunmaganlikda aybdor deb topgan.
Mavzuga oid

14:50 / 18.06.2025
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

12:22 / 16.06.2025
Daniya va Fransiya rahbarlari Grenlandiya suverenitetini yana bir bor tasdiqladi

11:51 / 13.06.2025