Jahon | 17:38 / 25.03.2025
1795
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralari mazmuni oshkor etilmaydi

Muzokaralarda «detallar juda batafsil muhokama qilingani» ta’kidlanmoqda.

Foto: TASS

24 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralarining mazmuni e’lon qilinmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Gap texnik muzokaralar haqida ketmoqda. Bu muzokaralarda detallar juda batafsil muhokama qilindi, shuning uchun bu muzokaralar mazmuni, albatta, oshkor etilmaydi. Buni kutmaslik kerak», dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardagi nutqlar hozir tahlil qilinmoqda. Faqat keyinroq qandaydir xulosalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, CBS News telekanali Rossiya-Amerika muzokaralari natijalari bo‘yicha bayonot Moskva vaqti bilan soat 11:00 da e’lon qilinishi kerak, deb yozgan edi.

Reuters nashrining yozishicha, bayonot «ijobiy» bo‘lishi kerak. Qo‘shma bayonot mazmuni Moskva va Vashingtonga ma’qullanishi uchun yuborilgan.

Rossiya-AQSh muzokaralari 24 mart kuni o‘tkazildi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, muzokaralar «Qora dengizda navigatsiya xavfsizligi» va «Qora dengiz tashabbusi» bilan bog‘liq.

Mavzuga oid