HAMASning yuqori martabali a’zosi Isroil aviazarbasi oqibatida o‘ldirildi
HAMAS siyosiy byurosi a’zosi va falastinlik deputat Saloh al-Bardavil hamda uning rafiqasi Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi.

Foto: AP
HAMAS siyosiy byurosi a’zosi va falastinlik deputat Saloh al-Bardavil 23 mart kuni Isroil tomonidan G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunusga uyushtirilgan hujum oqibatida rafiqasi bilan halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters. Ularning jasadi Naser shifoxonasi morgiga yetkazilgan.
HAMAS bayonotiga ko‘ra, Bardavil «Al-Mavosi hududidagi chodirida kechki ibodat qilayotgan vaqtda amalga oshirilgan zarba» natijasida o‘ldirilgan.
HAMAS buni «qo‘rqoq tsionistik hujum» deb atab, Isroilni G‘azo sektorida «ommaviy qirg‘in uyushtirish doirasida harbiy jinoyatlar sodir etishda» aybladi.
Undan ikki kun oldin TSAHAL uyushtirgan hujum oqibatida HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘i Usama Tabash o‘ldirilgan edi. Ushbu operatsiya Isroilning «Shabak» maxsus xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
19 yanvardan beri Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalda edi. Ammo oradan ikki oy o‘tib, 18 mart kuni jangovar harakatlar qayta tiklandi. Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) HAMAS obektlariga hujumlarni amalga oshirishni boshladi.
Isroil bosh vaziri va mudofaa vaziri Tel-Avivning mazkur qarorini «HAMAS bir necha bor garovdagi isroilliklarni ozod etishdan bosh tortgani va barcha takliflarni rad etgani» bilan izohladi. Isroil hukumati hozirgi harbiy operatsiya kengaytirilishini ma’lum qildi. O‘z navbatida HAMAS ham bunga javob hujumlarini uyushtirmoqda, xususan, 20 mart kuni guruh Tel-Avivga raketalar uchirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili HAMASning bir qator yetakchilari va qo‘mondonlari Isroilga qarshi janglarda halok bo‘lgandi — ular orasida avgust oyida o‘ldirilgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Isroil Haniya ham bor. Oktyabrda esa Isroil mudofaa kuchlari Haniya o‘rniga tayinlangan HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azoda o‘ldirilganini tasdiqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi
Jahon | 16:33
-
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi
Jahon | 16:04
-
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi
Fan-texnika | 15:53
-
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi
O‘zbekiston | 15:47
Mavzuga oid

15:26
Eronning Isroilga bergan zarbalaridan ko‘rilgan zarar 3 mlrd dollarni tashkil qildi

07:31
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

18:18 / 26.06.2025
Urushning iqtisodiy jihatlari: Eron va Isroil milliardlab dollar yo‘qotdi

17:53 / 26.06.2025