Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin
Har yili Britaniya budjetidan hukumatning ma’muriy xarajatlariga taxminan 13 mlrd funt sarflanadi va mablag‘larning asosiy qismi xodimlar uchun yo‘naltiriladi.

Foto: Alamy
Kir Starmer boshchiligidagi Buyuk Britaniya hukumati xarajatlarni optimallashtirish doirasida 50 ming nafargacha davlat xizmatchisiini qisqartirishi mumkin, deb yozadi The Times.
Oldinroq Reychel Rivz rahbarligi ostida faoliyat yuritayotgan Moliya vazirligi budjet xarajatlarini 15 foizga qisqartirish doirasida 10 mingga yaqin amaldor ishdan bo‘shatilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Ammo The Times hisob-kitoblariga ko‘ra, 26 mart kuni moliya vaziri parlamentda budjet bayonoti bilan chiqish qilganida, avval rejalashtirilganidan besh baravar ko‘p davlat xizmatchisini qisqartirish rejasini e’lon qilishi mumkin. Byurokratik xarajatlarni optimallashtirish dasturi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Britaniya OAVga ko‘ra, 50 ming davlat xizmatchisining qisqarishi xodimlarning umumiy soni pandemiyadan oldingi darajaga qaytishini anglatadi. Ma’lum qilinishicha, oxirgi besh yilda mamlakatda davlat xizmatchilari soni qariyb yarim million kishiga oshgan.
Har yili Britaniya budjetidan hukumatning ma’muriy xarajatlariga taxminan 13 milliard funt sarflanadi, mablag‘larning 75 foizdan ortig‘i bevosita xodimlar va ular bilan bog‘liy xarajatlarga yo‘naltiriladi.
Avvalroq AQSh federal xarajatlarini qisqartirish maqsadida tashkil etilgan Hukumat samaradorligi departamenti o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh federal budjetining xarajatlari fevral oyida 603 milliard dollarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

07:20 / 16.07.2025
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

22:19 / 10.07.2025