AQSh va Ukraina Ar-Riyozda yuk tashish xavfsizligi masalalarini muhokama qildi
Kiyev uchrashuvni «konstruktiv va foydali» deb baholadi, biroq uning mazmuni tafsilotlarini oshkor etilmadi.

Foto: Reuters
23 mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida AQSh va Ukraina rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar asosan infratuzilma va yuk tashish xavfsizligi masalalariga bag‘ishlandi. Bu haqda ukrainalik amaldorga tayanib The Telegraph xabar berdi.
Kiyev uchrashuvni «konstruktiv va foydali» deb baholadi, biroq uning mazmuni tafsilotlarini oshkor etilmadi. Vladimir Zelenskiyning yordamchilaridan biri Sergey Leshchenko 24 mart kuni delegatsiyalar Ukraina va Rossiyadagi port infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatib qo‘yish masalasini muhokama qilganini aytdi.
«Muhokama o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish haqida edi: biz Rossiyaning dengiz va daryolardagi obektlariga hujum qilmaymiz va ular ham bizning obektlarimizga, Xerson va Nikolayev portlariga, Odessa portiga hujum qilmaydi», dedi u.
The Moscow Times yozganidek, Rossiya rahbariyati Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini ataylab kechiktirishga urinmoqda, shu vaqt ichida imkon qadar ko‘proq hududni egallab olishga harakat qilmoqda. Bu haqda nashrga Rossiya oliy rahbariyatining pozitsiyasidan xabardor to‘rtta manba ma’lum qildi. «Hozir vaqt biz tomonda va biz undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz», deb tan oldi nashrga rossiyalik diplomatlardan biri.
Tarkibida senator Grigoriy Karasin va FXX sobiq vakili Sergey Beseda bo‘lgan muzokaralar guruhiga kelishuv loyihalaridagi «har bir vergulga e’tibor qaratish» vazifasi yuklangani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilinishicha, Kreml AQSh tomonidan Rossiyaning davom etayotgan hujumlariga e’tibor bermasligiga yoki hatto Kiyevga qo‘shinlarini Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan hududlardan olib chiqib ketishga majburlashiga umid qilmoqda. Anneksiya qilingan to‘rtta viloyatning birortasi ham Rossiyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lmasa-da, Moskva bu hududlarni har qanday holatda ham, viloyatlar chegarasi doirasida to‘liq nazoratga olmoqchi. Rossiya manbalari, shuningdek, keyingi savdolashish uchun Ukrainaning boshqa ba’zi viloyatlarini tortib olish imkoniyatini ham inkor etmaydi.
Mavzuga oid

23:26 / 25.03.2025
G‘arb sanksiyalari Rossiyani qariyb 500 mlrd dollar daromaddan mahrum qilgani aytilmoqda

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

21:56 / 25.03.2025
AQSh Suriyaga sanksiyalarni yumshatish uchun shartlar qo‘ydi

20:48 / 25.03.2025