«Turkiya ko‘chadan topib olingan emas»: Erdo‘g‘an yana mamlakatdagi mitinglarga qarshi chiqdi
Erdo‘g‘on hukumat Turkiyada ko‘cha terroriga toqat qilmasligini aytdi.

Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an davlat ko‘cha terrorizmiga taslim bo‘lmaydi, chunki mamlakat «ko‘chadan topib olingan emas» dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat turk xalqini politsiya xodimlari jarohatlangan namoyishlarda qatnashishga chaqirish orqali barqarorlikka tajovuz qilmoqda. Muxolifat yetakchisi O‘zg‘ur O‘zelning aytishicha, mitinglar davom etadi. Shuningdek, u xavfsizlik kuchlarini qurol va qalampir gazidan foydalanmaslikka chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumat ko‘chalarda sodir bo‘layotgan terrorga ko‘z yummasligiga va’da berdi.
«Marginal guruhlarga ergashish, politsiyamizga hujum qilish, sudya va prokurorlarimizga tahdid qilish, demokratiya va milliy irodaga qarshi chiqish, noqonuniy va nodemokratik usullarga murojaat qilish orqali biz bu mamlakatda hech narsaga erisha olmaymiz. Turkiya ko‘chadan topib olingan davlat emas. Turkiya ko‘cha terrorizmiga taslim bo‘lmaydi», dedi Erdo‘g‘an.
Uning ta’kidlashicha, hukumat «Turkiyani terror qilish» urinishlariga va turk xalqining barqarorligiga qarshi hujumlarga toqat qilmaydi. Prezidentning aytishicha, mitinglarga chaqiruvlar boshi berk ko‘chadir. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar noqonuniy hisoblanadi, ayniqsa namoyishlar chog‘ida politsiya xodimlari jarohat olsa. Uning ta’kidlashicha, tartibsizliklar korrupsiyaga qarshi operatsiya bahonasida yuzaga kelgan, shunda daromad olish va talonchilik sxemalari yashirin qoladi.
Muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi raisi O‘zg‘ur O‘zel muxolifat namoyishlarni to‘xtatish niyatida emasligiga ishora qildi. Shuningdek, u xavfsizlik kuchlarini namoyishchilarga qarshi qalampir gazidan foydalanishni bas qilishga chaqirdi. Turk ommaviy axborot vositalari politsiya hatto rezina o‘qlardan ham foydalanayotganini da’vo qilmoqda, ammo rasmiylar ayblovlarni inkor etmoqda. Namoyishlar natijasida bir necha namoyishchi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, 16 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: AQSh bombardimonchilarni Yaqin Sharqqa jo‘natishda chalg‘ituvchi taktikadan foydalandi
Jahon | 13:30
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi
O‘zbekiston | 13:20
-
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 13:10
-
Rossiyada ukrain tili maktab dasturidan chiqarib tashlandi
Jahon | 13:00
Mavzuga oid

07:23
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

14:09 / 16.06.2025
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi

20:11 / 31.05.2025