AQShda aeroportda o‘z itini o‘ldirgan ayol qo‘lga olindi
AQShda Klermont shahrida yashovchi 57 yoshli Elison Agata Lourens 2024 yil dekabrida Orlando aeroporti hojatxonasida o‘z itini o‘ldirgani uchun qo‘lga olindi.

Foto: Orlando politsiya departamentining kuzatuv kamerasidan skrinshot
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u 9 yoshli tsvergshnautser zotiga mansub Tayvinn laqabli itni reysga olishga ruxsat berilmaganidan so‘ng o‘ldirgan, deb yozmoqda Orlando Sentinel.
Kuzatuv kameralari yozuvlarida Lourens Kolumbiya poytaxti Bogota shahriga parvoz oldidan aviakompaniya agentlari bilan taxminan 15 daqiqa davomida tortishgani qayd etilgan. Keyin u it bilan yaqin atrofdagi hojatxonaga yo‘l olgan, ammo u yerdan faqat yakka o‘zi chiqib kelgan. Bundan so‘ng terminalni tark etgan, keyin esa qaytib kelib, uchoqqa chiqib ketgan.
Mehmonxonalardan biri xodimasining aytishicha, u hojatxonada bir ayol (keyinchalik u Lourens deb aniqlangan) poldagi suv va it yemini tozalayotganini ko‘rgan. 20 daqiqa o‘tib, u yana hojatxonaga kirgan va o‘sha ayol hojatxona kabinkasidan chiqib kelganini ko‘rgan. Xodima chiqindi qutisini olib chiqmoqchi bo‘lganida, uning og‘ir ekanini sezgan va qutini ochib qaraganda, ichida itning jasadini topgan.
Politsiya voqea joyiga yetib kelganida, paket ichida Elison Lourens ismi va telefon raqami yozilgan jyeton, itning bo‘yinbog‘i, sayohat sumkasi va «xizmat iti» degan yozuvli kamarcha borligi aniqlangan.
Veterinariya mutaxassislari it tanasini tekshirganda, chap oyog‘ida qon izlari bo‘lgan. Sud-tibbiyot ekspertizasiga ko‘ra, itning o‘limiga suvda cho‘ktirilish sabab bo‘lgan.
It tanasidan mikrochip ham topilgan, undagi raqam Lourensga tegishli ekani tasdiqlangan.
Politsiya ayolning AQShga qachon qaytgani haqida ma’lumot bermagan. U shu hafta ichida sherif ofisi tomonidan hibsga olingan, ammo 5 ming dollar garov evaziga ozod etilgan.
Endi Elison Lourensga hayvonga nisbatan shafqatsiz muomala qilish moddasi bo‘yicha og‘irlashtiruvchi holatlar bilan ayblov qo‘yilgan. Agar u aybini tan olsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 14:24
-
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 14:11
-
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi
O‘zbekiston | 14:10
-
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi
O‘zbekiston | 14:04
Mavzuga oid

13:56
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

09:11
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

21:31 / 03.07.2025