Vengriya o‘zbekistonlik migrantlar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin
Mamlakat elchixonasi ko‘magida Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Budapesht shahriga amaliy tashrifi tashkil etildi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Agnes Kertes, Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Zoltan Bolchik, Chet elliklar bo‘yicha milliy politsiya boshqarmasi bosh direktori Shandor Gyombosh, Milliy iqtisodiyot vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Silvia Baloch hamda bir qator rekruting kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Vengriya tomoni migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Tomonlar, mehnat migrantlari uchun viza berish tartibini soddalashtirish istiqbollarini birgalikda o‘rganishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida, shuningdek, Vengriyadagi yurtdoshlar bilan ham uchrashdi.
Mavzuga oid

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi

21:46 / 21.05.2025