Rossiya Telegram-kanallari: Ukraina qurolli kuchlari "Sudja" stansiyasiga hujum qildi
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya gazi Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilgan "Sudja" gazni o‘lchash stansiyasiga hujum qildi, deb xabar berdi Mash va Baza Telegram-kanallari.

Foto: Sergei Chuzavkov/AP/dpa/picture alliance
Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastining Sudja rayonidagi «Sudja» gaz o‘lchash stansiyasiga hujum uyushtirdi, u orqali Rossiya gazi Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilgan. Bu haqda 20 mart, payshanba kuni kechqurun Mash va Baza Telegram-kanallari xabar berdi.
Mash xabariga ko‘ra, ulkan mash’ala o‘n kilometr uzoqdan – Sumi oblasti bilan chegarada ko‘rinyapti. Bu Rossiyadan Yevropaga gaz o‘tkazish uchun «eng katta tranzit yo‘lagi» edi, deya ta’kidladi kanal. Gaz quvurining diametri: 1420 mm.
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastida chekinishi
16 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ijtimoiy tarmoqlarda Kursk oblastidagi operatsiya xaritasini e’lon qildi, unda Sudja shahri Ukraina nazorati ostida emas, deb belgilangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, avvalroq Ukraina nazoratida bo‘lgan Sudja va Kazachya Loknyadan asosan qariyalar kichik mikroavtobuslarda rus askarlari hamrohligida olib chiqib ketilayotgani aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Sudja shahri Kursk oblastining janubi-g‘arbiy qismida, Kurskdan 105 km va Sumi oblastida Ukraina bilan chegaradan 8 km uzoqlikda joylashgan.
Mavzuga oid

22:50 / 22.03.2025
Osiyo davlatlari tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga yuborilishi mumkin

19:42 / 22.03.2025
Xitoy ham Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborish haqida o‘ylamoqda

13:57 / 22.03.2025
Makron Ukraina ittifoqchilarining navbatdagi uchrashuvi haqida ma’lum qildi

13:43 / 22.03.2025