Zelenskiy Tramp bilan suhbat haqida: Faqat Zaporijjya AES haqida gaplashdik
Volodimir Zelenskiy Tramp bilan suhbatda faqat Zaporijjya AES atrofidagi vaziyat muhokama qilinganini aytdi, deb xabar berdi ukrain OAV.

Foto: UNIAN, GettyImages
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan suhbatda faqat Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) atrofidagi vaziyat muhokama qilinganini aytdi. Zelenskiyning 20 mart, payshanba kuni aytgan so‘zlarini ukrain OAV keltirdi.
«Masala faqat vaqtinchalik okkupatsiya ostida bo‘lgan stansiyaga tegishli», — deya ta’kidladi Ukraina davlati rahbari. «Stansiya ishlamayapti, chunki Rossiya uni mutlaq noqonuniy ushlab turibdi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «biz (Ukraina tomoni) bu stansiyani qayta tiklashga qodirmizmi», degan savol ko‘tarilgan. Zelenskiy bu yerda tegishli infratuzilma, suv ta’minoti va texnik xodimlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
«Biz faqat bitta stansiya haqida gaplashdik»
«Prezident (Tramp) so‘radi: «Agar Amerika buni qayta tiklay oladi degan tushuncha paydo bo‘lsachi?» — dedi Ukraina rahbari.
«Men unga shunday dedim: ha, agar modernizatsiya qilish mumkin bo‘lsa... Biz siz bilan buni muhokama qilishga tayyormiz. Lekin biz faqat Rossiya tomonidan vaqtinchalik bosib olingan bitta stansiya haqida gaplashdik», — deya xulosa qildi Ukraina davlati rahbari.
Mavzuga oid

00:51
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:27 / 20.03.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:46 / 20.03.2025