Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an ofisi Istanbul merining hisbga olinishiga izoh berdi
Turkiya hukumati barcha jamoatchilik qatlamlarini «mustaqil sud hokimiyati tomonidan qabul qilingan har qanday qarorga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga» chaqirdi.

Foto: SOPA Images
Turkiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Faxriddin Altun Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga izoh berdi.
«Mustaqil sud hokimiyati tomonidan qabul qilingan har qanday qarorni jamoatchilikning barcha qatlami hurmat qilishi kerak», — deb yozadi Altun X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
«Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovlar doirasida shahar meri idorasi mansabdorlari va boshqa gumonlanuvchilarni hibsga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng ayrim doiralar, ayniqsa, asosiy muxolifat partiyalari rahbarlari, siyosiy va mafkuraviy sabablar bilan tergovning yaxlitligini izdan chiqarishga urinayotganini ko‘ryapmiz. Biz turk millati nomidan o‘z vakolatlarini amalga oshirayotgan sud organlarimizning mustaqilligini izdan chiqarishga qaratilgan bunday urinishlarga qat’iy qarshilik ko‘rsatishda davom etamiz», — deydi prezident matbuot kotibi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, prezident idorasi «boshlangan tergovning mazmuni va tafsilotlari bilan tanishmasdan turib, siyosiy va mafkuraviy baholarga asoslangan tuhmat xarakteridagi ayblovlar ilgari surilayotganini» qayd etib bormoqda.
Bugun, 19 mart kuni Turkiya politsiyasi Istanbul shahri meri Akrom Imomo‘g‘lini hibsga oldi. Shahar hokimidan tashqari uning matbuot kotibi, shuningdek, shahar ma’muriyatining yana 100 ga yaqin xodimi hibsga olingan.
2019 yildan buyon Istanbul shahri meri hisoblangan siyosatchi hibsga olinishi fonida shaharda bir nechta yo‘l yopildi va to‘rt kun davomida har qanday namoyishlar o‘tkazish taqiqlandi. Shuningdek, NetBlocks monitoring xizmati xabar berishicha, Turkiyada X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter), YouTube, Instagram va TikTok’ga kirish cheklangan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

08:48 / 15.06.2025
Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

08:48 / 12.06.2025