Buyuk Britaniyada elektr uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Bunday taksilarning bittasi uchuvchi, to‘rt nafar yo‘lovchi va kichik hajmli yukni ko‘tara oladi. Ushbu texnologiya yaqin kelajakda AQSh, BAA va Yaponiyaga ham yetib boradi.

Sun’iy intellekt chizgan surat
AQShning Joby Aviation kompaniyasi Buyuk Britaniyada elektr aerotaksilarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Virgin Atlantic bilan kelishuv imzoladi. Shu tariqa Britaniya tijoriy havo taksilarini rivojlantirishni rejalashtirgan yettinchi mamlakatga aylanadi. Biroq ishlar aynan qachon boshlanishi noma’lum. Joby dastlab AQSh va Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga e’tibor qaratadi, so‘ngra Buyuk Britaniya bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Dubayda dastlabki sinov parvozlari joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. AQShda bu xizmat 2025 yilda ishga tushirilishi kerak edi, ammo ma’muriy to‘siqlar tufayli loyiha kechiktirildi. O‘tgan yili kompaniya o‘z havo kemalaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olishga oz qolganini ma’lum qilgan, biroq hozirga qadar buning rasmiy tasdig‘i olingani yo‘q.
Buyuk Britaniyada aeroservisni ishga tushirish uchun Joby mahalliy aviatsiya boshqarmasidan sertifikat olishi zarur. Tegishli ariza 2022 yildayoq topshirilgan. Hamkorlik doirasida Virgin mamlakat bo‘ylab Joby xizmatining yagona vositachisiga aylanadi.
Xizmat g‘oyasi yo‘lovchilarni shahar markazlaridan aeroportlarga vertikal uchish-qo‘nish imkoniyatiga ega elektr aerotaksilarda tashishni ko‘zda tutadi. Dastlabki yo‘nalishlar Londondagi Xitrou va Manchester aeroportlarini bog‘laydi. Kelajakda tarmoq kengaytiriladi. Virgin mijozlari havo taksilarini kompaniyaning maxsus ilovasi va veb-sayti orqali band qilishi mumkin bo‘ladi.
Joby havo kemasi bir uchuvchi, to‘rt yo‘lovchi va kichik hajmli yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. Ushbu innovatsion uchoqning eng yuqori tezligi soatiga 320 kilometrga yetadi. Shu tufayli Lids va Manchester orasidagi parvoz atigi 15 daqiqa vaqt oladi.
Xizmatni to‘liq joriy etishga hali ko‘p vaqt kerak bo‘lsa-da, Joby o‘z maqsadi sari ishonch bilan ilgarilamoqda. Kelajakda kompaniya nafaqat Buyuk Britaniya va AQShda, balki Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Avstraliyada ham aerotaksi xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
Mavzuga oid

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

11:20
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

11:07
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi

10:20