Olmaotada «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» o‘zbek baleti namoyish etildi
Spektakl namoyishi Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatrida bo‘lib o‘tdi. Bunga qadar ushbu balet London, Dubay, Istanbul, Dortmund, Parij kabi shaharlarda ham namoyish etilgan.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
17 mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyish etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
«Qozog‘istonga qilgan avvalgi safarimiz chog‘ida «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti shu qardosh yurtda ham namoyish etilsa, deb niyat qilgandik. Ezgu niyatimiz ijobat bo‘ldi — 17 mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida qadimiy raqsimiz lazgi jonlandi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, bunday madaniy tadbirlar go‘zal o‘zbek san’atini namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam beradi.
«Biz, prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan yaxshi qo‘shnichilik an’analariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz o‘rtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, ushbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanishi shubhasiz», — deya ta’kidlaydi prezident yordamchisi.
Ma’lum qilinishicha, 27 mart kuni ushbu raqs spektakli Astana Opera sahnasida yana jonlanib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar tuhfa etadi.
«Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» birinchi marta Dubai Opera sahnasida namoyish etilgan va keyinchalik Istanbul, Dortmund, Parij, Sankt-Peterburg, Moskva va Londonda sahna yuzini ko‘rgan.
Shuningdek, bugun, 18 mart kuni prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi» sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan fikr almashilgan.
«O‘zbekiston va Qozog‘iston muhim xalqaro tadbirlar doirasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda faol hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ijtimoiy platformalarni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirish va tajriba almashish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ryutte: Kiyev NATO davlatlaridan harbiy yordamga ishonishi mumkin
Jahon | 15:03
-
Chorvoq Darvozasi - O‘zbekistondagi tog‘li hududdagi yangi turdagi turar-joy majmuasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi
Jamiyat | 14:59
-
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi
Jahon | 14:55
Mavzuga oid

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

21:25 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

19:28 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari bilan uchrashdi

16:39 / 23.06.2025