Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan telefonda suhbatlashdi
Yetakchilar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi sammitga tayyorgarlikni ko‘rib chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.
Savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda, shu jumladan hududlar darajasida amaliy hamkorlik bo‘yicha loyihalarni ilgari surish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Shu kunlarda Qozog‘iston shaharlarida o‘tayotgan qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarga yuksak baho berildi. Yetakchilar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi sammitga tayyorgarlikni ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, Mirziyoyev 18 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, jadal madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvga hamda joriy yil aprel-may oylarida O‘zbekistonda o‘tadigan «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18 mart kuni telefon orqali muloqot qildi.
Yetakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo - YeI» sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
Mavzuga oid

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025