Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi
Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma bermaslik huquqi joriy etilmoqda.

Foto: Senat axborot xizmati
Senatning beshinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, muhokama qilingan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma bermaslik huquqi joriy etilyapti.
Qonun bilan sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turish, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi joriy qilinmoqda. Shuningdek, sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi belgilanyapti.
Oliy sudning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, faqat o‘z vakolatlari doirasida masalalar kiritishi ham ko‘rsatilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025