O‘zbekiston | 15:44 / 17.03.2025
778
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Vengriya elchisi muzokaralar chog‘ida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Vengriya elchisi Yojyef Roja bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Vengriya sarmoyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ustida faol ishlashga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid