Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi
Prezidentning "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zA
Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2025 yilda xotin-qizlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda 200 mln AQSh dollari yo‘naltiriladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yetti yil muddatga, Markaziy bankning asosiy yillik stavkasi bo‘yicha jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida – shundan AT "Xalq banki"ga – 35 mln AQSh dollari, "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga – 35 mln AQSh dollari va "Mikrokreditbank" ATBga – 30 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslarini ajratadi.
Tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 mln AQSh dollari ham jalb qilishlari kerak.
Hujjat bilan ayollar loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar quyidagicha berilishi belgilangan:
- "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan, Hamroh ayollar-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq;
- AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 08.07.2025
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

21:46 / 19.06.2025