Niderlandiya O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyaning EuroTalens rekruting agentligi direktori Tommi Kok va agentlik hammuassisi Ticho Saul bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistondan Niderlandiyaga ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va EuroTalens rekruting agentligi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
EuroTalens rekruting agentligi rahbariyati Benilyuks mamlakatlaridagi kompaniyalar xorijiy ishchi kuchini faqat qonuniy asosda yollashini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, agentlik xorijiy fuqarolarni yollash jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, shartnomalar tuzish, ish haqi, uy-joy bilan ta’minlash va qonunchilikka rioya qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hal etishga yaqindan ko‘maklashadi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning barcha tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi va EuroTalens rekruting agentligi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

00:31 / 30.04.2025