Dnipro dronlarning yirik hujumiga uchradi
Dniproda dron hujumi natijasida 10 ta xususiy uy, maktab va bolalar bog‘chasi zarar ko‘rgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, dedi OHM rahbari Sergey Lisak.

Foto: Telegram / dnipropetrovskaODA
Dnipro shahrida 11 mart, seshanba kuni kechqurun rossiyaliklarning UUA yordamida uyushtirilgan yirik hujumi natijasida 10 ta xususiy uy zarar ko‘rdi. Bundan tashqari, bolalar bog‘chasi va maktabning oynalari singan. Bu haqda Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati (OHM) rahbari Sergey Lisak Telegramʼda ma’lum qildi.
«Dniproga dushman uchuvchisiz uchoqlarining hujumi natijasida bir nechta yong‘in sodir bo‘ldi. Ulardan biri garajda bo‘lgan. Yengil avtomobil yonib ketgan. Ikki qavatli xususiy uy qisman vayron bo‘lgan. Infratuzilma obektlarida ham yong‘inlar sodir bo‘lmoqda», — dedi OHM rahbari.
Nashr vaqtida ushbu hujum natijasida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Lisakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan mintaqada 20 ta drondan 12 tasi urib tushirilgan.
11 mart kuni kechqurun Ukraina poytaxtida ham havo hujumi haqida signal e’lon qilindi. Kiyev meri Vitaliy Klichko Telegramʼda havo hujumidan mudofaa kuchlari shaharda ishlayotgani haqida yozdi va aholini boshpanalarda qolishga chaqirdi. Ushbu hujum oqibatlari haqida xabar berilmagan.
Ukraina Rossiyaga dronlar bilan hujum qildi: Moskvaga 65 tadan ortiq dron uchirildi
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 11 martga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasining bir qancha hududlariga yirik hujum uyushtirdi.
Moskvada havo hujumidan mudofaa kuchlari 69 ta dronni urib tushirdi, dron qoldiqlari Domodedovskaya ko‘chasidagi bino tomiga kichik zarar yetkazdi, dedi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin. Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, binoning yuqori qavatlari shikastlangan — zarba to‘lqini bir nechta derazalarni sindirib tashlagan. Shuningdek, dronlarning Moskva yaqinidagi Vidnoye va Ramenskoyedagi turar joy binolariga urilgani haqida xabarlar bor. Taxminlarga ko‘ra, hujum "Lyutyy" tipidagi uchuvchisiz uchoq tomonidan amalga oshirilgan, deb yozadi Mash.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev uch kishining o‘limi haqida ma’lum qildi. «Kolomna, Zaraysk, Serebryanniye Prudi, Serpuxov, Ramenskoye, Voskresensk, Luxovitsi, Bronnitsi, Domodedovo, Leninskoye, Podolsk, Elektrostal va Kotelnikidan uchuvchisiz uchoqlar haqida xabarlar kelib tushdi», — dedi Vorobev.
UUA bo‘laklari Domodedovo temiryo‘l stansiyasi hududiga tushib, yo‘lning bir qismiga zarar yetkazdi. Domodedovo rahbari Yevgeniya Xrustaleva Domodedovo vokzalidan Moskva va mintaqa tomon poyezdlar harakati to‘xtatilganini ma’lum qildi.
«Kover» rejasi Vnukovo, Jukovskiy va Domodedovo aeroportlarida joriy etildi. Keyinroq Rosaviatsiya Nijniy Novgoroddagi Strigino aeroportida cheklovlar kiritilgani haqida xabar berdi. Lipetsk, Bryansk va Belgorod oblastlarida ham havo hujumidan mudofaa tizimlarining ishlashi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

12:38 / 03.07.2025
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi

12:06 / 03.07.2025
Odessada Rossiya droni 9 qavatli binoga urildi, jabrlanganlar bor

13:06 / 24.06.2025
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

11:12 / 24.06.2025