«Navoiyazot»da portlash ro‘y berdi
Bugun soat 14:10 da zavodning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi ro‘y bergan. Buning oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Videodan kadr
Navoiy shahridagi «Navoiyazot» AJda portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 mart kuni soat 14:10 da «Navoiyazot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi ro‘y bergan. Chaqnashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani bildirildi. Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari chiqishgan.
Hozircha hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar bor-yo‘qligi aniq emas. Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid

16:13 / 11.03.2025
«Navoiyazot»dagi portlashda bir kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi

20:11 / 25.07.2024
Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga qarshi shikoyatini rad etdi

08:45 / 13.07.2024
“Navoiyazot” havoga me’yordan ortiq tashlanmalar chiqargani aniqlandi

15:46 / 11.06.2024