Sport | 17:57 / 08.03.2025
13415
2 daqiqa o‘qiladi

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Ozarbayjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Foto: REUTERS

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina kuni kecha saralash bosqichida 13.266 ball to‘plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgandi. 

Boku shahrida o‘tayotgan bugungi final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yo‘nalishida 13.516 ball to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon kubogi. Boku, Ozarboyjon.
Ayollar, tayanib sakrash.
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 13,516
2. Teya Belak (Sloveniya) — 13,366
3. Tyasa Kisselef (Sloveniya) — 13,283
4. Greta Mayyer (Vengriya) — 13,266
5. Samanta Protistxa (Hindiston) — 12,766.

Ma’lumot uchun, Chusovitina sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanaladi. U 1992 yilda Barselonada Birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida kumush medalga ega chiqqan.

49 yoshli afsonaviy sportchi o‘tgan yili oktyabr oyida 2028 yilgi Los-Anjyeles olimpiadasida ishtirok etmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. U jarohati sabab Parijdagi o‘yinlarda ishtirok eta olmadi.

Mavzuga oid