AQSh sudi Xitoydan Covid-19 tarqalgani uchun 24 milliard dollar talab qildi
Sud Xitoy «pandemiya xavfi va ko‘lami to‘g‘risida dunyoni chalg‘itgani» va «shaxsiy himoya vositalarini yig‘ish bo‘yicha monopolistik amaliyotlar bilan shug‘ullanganini» e’tirof etdi.

Foto: Reuters
Missuri shtatining Sharqiy okrugi sudi Xitoy hukumatini pandemiya boshida koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda aybdor deb topdi. Sud Xitoyni 24 milliard dollardan ko‘proq to‘lashga hukm qildi, deb yozdi The New York Times.
Da’vo Missuri bosh prokurori tomonidan 2020 yil aprel oyida qo‘zg‘atilgan. Shtat rasmiylarining ta’kidlashicha, Xitoy Covid-19 mavjudligi va tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirgan va keyin butun dunyoga shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berishni to‘xtatgan. Sudya Stiven Limbo o‘z qarorida Xitoy «pandemiya xavfi va ko‘lami to‘g‘risida dunyoni chalg‘itdi» va «shaxsiy himoya vositalarini yig‘ish bo‘yicha monopolistik amaliyotlar bilan shug‘ullandi» deb yozgan. Uning fikricha, bu Qo‘shma Shtatlarning pandemiyaga tezkor chora ko‘rishga to‘sqinlik qildi va tibbiyot xodimlari uchun yetarli jihozlarni sotib olishni imkonsiz qildi.
Missuri rasmiylari Xitoy aktivlarini musodara qilish orqali jarimani undirishga va’da bermoqda. Xitoy tomoni esa sudya qaroriga rozi emasligini bildirdi.
2019 yil dekabr oyida Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) Uhanda pnevmoniya avj olgani haqida xabar berdi. 2020 yil mart oyida JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus virusning tez tarqalishi tufayli Covid-19 pandemiyasini e’lon qildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan 7 milliondan ortiq odam vafot etgan. Uning oqibatlaridan vafot etganlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025