Qamchiq dovoni yopiqligicha qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar
«O‘zgidromet» tezkor axborotida Qamchiq dovonida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi. Dovonda qolib ketgan qariyb ming kishi mehmonxonaga joylashtirilgan. «Angren-Qo‘qon» yo‘nalishida bepul poyezd tashkil etildi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun yopilgach, noqulay ob-havo sharoiti vaqtida yo‘lda qolib ketgan mingga yaqin kishi vaqtincha turar joylarga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, FVV, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.
FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda.
Xohlovchi yo‘lovchilar uchun FVVning isinish maskanlari tashkil etilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirining topshirig‘i bilan joyida vazirning birinchi o‘rinbosari jarayonni muvofiqlashtirib bormoqda.
Shuningdek, Angren shahrida joylashgan 19 ta oshxona va 4 ta mehmonxonaga 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bola vaqtincha joylashtirildi.
«O‘zgidromet» tezkor gidrometeorologik axborotida Qamchiq dovonidan kesib o‘tgan avtomobil yo‘li 228-253 km qismida qor ko‘chish xavfini e’lon qilgan.
Dovonda transport vositalari harakati hamon tiklanmayotgani tufayli «Angren-Qo‘qon» yo‘nalishida bepul poyezd tashkil etildi.
Poyezd 21:00 da Angren temiryo‘l shohbekatidan harakatlanadi.
Ayni vaqtda Qamchiq dovonida –7 daraja sovuq, qor yog‘ishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni tongdan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida kuchli qor yog‘a boshladi. Dovonda shamol tezligi kuchayib, qor bo‘ronlari kuzatildi. Qalin tuman tushib, yo‘lning ko‘rinish chegarasi qisqardi. Havo harorati –4 darajaga tushdi.
Soat 14:30 dan dovonda avtomobillar harakati vaqtincha yopildi. Dovonga har ikki tomondan kelgan avtomobillar ortiga qaytarib yuborila boshlandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Humans bizning mobil tarmoqdan foydalanib daromad topsa-da, xarajatlarini to‘lamayapti» - «O‘zbektelekom»
Iqtisodiyot | 12:21
-
Sifat hujjati bo‘lmagan dorilarni sotayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 12:10
-
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi
Jamiyat | 12:00
-
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 11:35
Mavzuga oid

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025