Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
Navoiy, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.

Foto: Videodan kadr
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi xususiy tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 1 gektar bo‘sh yer maydoni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga sotish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 mlrd so‘m talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘idan 1 mlrd so‘mni Navoiy shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Xo‘jaobod tumanida yashovchi aka-uka davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qilishadi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ulardan biri so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini xaridorga 55 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 45 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Boshqa holatda esa Quva tumanidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MChJning 10 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda yashovchi fuqaro Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 16 sotix yer maydonining har bir sotixini 22 ming AQSh dollaridan jami 352 ming AQSh dollariga xaridorga sotishga kelishib hamda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning sherigi bo‘lgan – Toshkent tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham ushbu 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:03
-
Prezident mustaqillikning 34 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror imzoladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Mers AQSh bilan birgalikda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish niyatida
Jahon | 09:46
-
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi
O‘zbekiston | 09:25
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:13 / 03.07.2025