Bosh prokuratura ekologiya va qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi
Ma’lum qilinishicha, «Shaffof qurilish» dasturi joriy etilgach, tizimda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan.

Foto: Bosh prokuratura
2025 yil 5 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olishga doir yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i A.Muhiddinov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirokida Qurilish vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, sohada «Shaffof qurilish» dasturi joriy etilgach, tizimda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan.
«Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta obekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi», — deyiladi prokuratura xabarida.
Shuningdek, yig‘ilishda qurilish va kommunal sohani vertikal tizim bo‘yicha to‘liq korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish topshirildi.
Bunda birinchi navbatda sohadagi ruxsat berish, litsenziyalash faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirishga qaratilgan platformalarni yaratish vazifalari qo‘yildi.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i U.Utayev tomonidan ekologiya sohasida ruxsatnoma berish hamda ma’muriy chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida sanab o‘tilgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirilgan hamda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha aniq taklif va loyihalar ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berildi.
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

21:09 / 15.05.2025
“Aniq reja yo‘q” - Hastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?

18:26 / 14.05.2025
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi

16:01 / 08.05.2025